-
ISTE'MOLCHILAR HUQUQLARINI HIMOYA QILISH TO‘G‘RISIDAGI QONUNCHILIK
Mahsulotni xarid qilish to‘g‘risidagi shartnomaning hech bir qoidasi xaridorning mahsulot sifati e'lon qilingan xususiyatlarga mos kelmagan taqdirda qonunchilik bilan kafolatlangan huquqlarini cheklamaydi yoki ularning amal qilishini to‘xtatmaydi.
Mazkur kafolat O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilgan iste'molchi huquqlarini cheklamaydi.
-
Mazkur kafolat nimalarga va qanday holatlarda amal qiladi?
-
Mazkur kafolat taloniga muvofiq kafolat asosida xizmat ko'rsatish qurilma xarid qilingan kundan boshlab quyidagi jadvalda belgilangan muddatlar davomida BroService xizmat ko'rsatish markazi tomonidan amalga oshiriladi.
№1 jadval/Таблица №1: Kafolat va MacBro sug’urtasi
|
№ |
Tovar kategoriyasi |
Kafolat |
Bepul “MacBro sug’urtasi” |
|
|
Amal qilish muddati (oylar) |
Summa (UZS) |
Amal qilish muddati (oylar) |
||
|
1 |
Мобильные телефоны |
24 |
10 000 000 |
12 |
|
2 |
Телефоны Verified |
12 |
3 000 000 |
6 |
|
3 |
Гаджеты (б/у) |
12 |
- |
- |
|
4 |
Аксессуары (б/у) наушники AirPods (б/у), |
1 |
- |
- |
|
5 |
Лаптопы, планшеты |
12 |
10 000 000 |
12 |
|
6 |
Наушники AirPods |
6 |
- |
- |
|
7 |
Часы |
6 |
- |
- |
|
8 |
Bro Service |
1 |
- |
- |
|
9 |
Мобильные телефоны Samsung |
12 (гарантия поставщика) |
10 000 000 |
12 S, Z) |
|
10 |
Клавиатура и мышка |
1 |
- |
- |
|
11 |
Моноблок |
12 |
10 000 000 |
12 |
|
12 |
Boneco |
1 (гарантия постав-щика = 12 месяцев) |
- |
- |
|
13 |
Игровая приставка |
6 месяцев |
- |
- |
|
14 |
Dyson |
1 год |
- |
- |
Kafolat Apple kompaniyasi tomonidan rasmiy ravishda e'lon qilingan foydalanish qoidalari va tavsiyalariga rioya qilingan taqdirda amal qiladi. Xarid sanasi kafolat talonining birinchi sahifasida ko'rsatilgan bo'lishi hamda kassa cheki yoki xaridni tasdiqlovchi boshqa hujjat bilan tasdiqlanishi shart.
Agar qurilmada ishlab chiqarish nuqsoni yoki nosozlik alomatlari aniqlansa, Xaridor BroService xizmat ko'rsatish markaziga murojaat qilishi lozim.
-
Kafolat asosida xizmat ko'rsatishdan foydalanish uchun Xaridor BroService xizmat ko'rsatish markaziga quyidagi hujjatlar va buyumlarni taqdim etishi shart:
-
qurilma;
-
kafolat taloni;
-
xaridni tasdiqlovchi hujjat;
-
shaxsni tasdiqlovchi hujjat (zarur hollarda).
-
Kafolat faqat to'g'ri va to'liq rasmiylashtirilgan kafolat taloni mavjud bo'lgan taqdirda amal qiladi. Kafolat talonida quyidagi ma'lumotlar ko'rsatilgan bo'lishi shart:
-
sotilgan sana;
-
kafolat muddati;
-
nosoz qurilmaga mos keluvchi seriya raqami.
-
Qurilmaning va uning materiallarining soz ishlashi bo'yicha kafolat Xaridor qurilmani xarid qilgan kundan boshlab kuchga kiradi.
-
Mazkur kafolat BroService xizmat ko'rsatish markazi mutaxassislari yoki bevosita Apple ishlab chiqaruvchisi tomonidan qurilmani professional diagnostika qilish, ta'mirlash yoki nosoz butlovchi qismlarini almashtirishni nazarda tutadi. Ikkinchi holatda nosoz qurilma ta'mirlash va tiklash ishlari uchun bevosita Apple ishlab chiqaruvchi zavodiga yuboriladi. Kafolat asosida nosoz qurilmani yangisiga almashtirish faqat ishlab chiqarish nuqsonini bartaraf etish hamda qurilmaning to'liq funksionalligi va tashqi ko'rinishini tiklash texnik jihatdan imkonsiz yoki iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq bo'lmagan hollarda amalga oshiriladi.
-
Mahsulotni yangisiga almashtirish faqat quyidagi to'rtta shartlarning barchasi bajarilgan taqdirda amalga oshiriladi:
-
Qurilmada ishlab chiqarish nuqsoni aniqlangan bo'lishi;
-
BroService xizmat ko'rsatish markazi mutaxassislari tomonidan aniqlangan nosozlikning sababi ishlab chiqarish nuqsoni ekanligi tasdiqlangan bo'lishi;
-
Mahsulot almashtirish uchun xarid qilingan kundan boshlab 3 (uch) kundan kechiktirmay qaytarilgan bo'lishi;
-
Xaridor nosoz qurilma bilan birga BroService xizmat ko'rsatish markaziga quyidagi hujjatlarning asl nusxalarini taqdim etishi:
-
qurilmaning seriya raqamiga mos original qadoq (quti);
-
to'g'ri va to'liq rasmiylashtirilgan kafolat taloni (unda sotilgan sana, kafolat muddati hamda nosoz qurilmaga mos seriya raqami ko'rsatilgan bo'lishi shart).
-
Qurilmani kafolat asosida bepul ta'mirlash faqat nosozlikning sababi ishlab chiqarish nuqsoni deb to'pilgan holatlarda BroService xizmat ko'rsatish markazi mutaxassislari tomonidan amalga oshiriladi.
Nosozlik kafolat holatiga kiradimi yoki yo'qligini aniqlash maqsadida BroService xizmat ko'rsatish markazi mutaxassislari belgilangan tartibda qurilmada texnik diagnostika va sinov tekshiruvini o'tkazadi. Diagnostika va sinov jarayoni 1 kundan 3 kungacha davom etishi mumkin. Xaridorga qulaylik yaratish maqsadida BroService xizmat ko'rsatish markazi diagnostika va ta'mirlash ishlari davomida Xaridorning xohishiga ko'ra vaqtinchalik foydalanish uchun muqobil mobil telefonni taqdim etishi mumkin.
Diagnostika o'tqazilganidan keyin Xaridorga BroService xizmat ko'rsatish markazi tomonidan rasmiylashtirilgan va muhr bilan tasdiqlangan yozma xulosa taqdim etiladi.
-
Qurilmani professional ta'mirlash davri nosozlikning sabablariga qarab hamda zarur ehtiyot qismlar mavjudligiga qarab 35 (o'ttiz besh) kungacha davom etishi mumkin.
-
Mazkur kafolat quyidagi holatlarga tatbiq etilmaydi:
-
Mazkur kafolat faol elektron ichki qismlarga ega bo'lmagan aksessuarlarga (quvvat kabeli, ulash kabellari, adapter, himoya oynasi yoki himoya plyonkasi, g'ilof va shunga o'xshash aksessuarlar) tatbiq etilmaydi. Xaridor aksessuarlarning butligi va sozligini mahsulotni do'konda qabul qilib olayotganda yoki yetkazib berish hizmati orqali kuryerdan qabul qilayotkanda tekshirishi lozim.
-
Vaqt o'tishi bilan tabiiy ravishda eskiradigan sarflanuvchi qismlar (masalan, akkumulyatorlar yoki himoya qoplamalari) kafolat doirasiga kirmaydi. Muammo nuqsonli materiallar yoki sifatsiz yig'ilish natijasida yuzaga kelgan nosozliklar holatlari bundan mustasno.
-
Muammo nuqsonli materiallar yoki sifatsiz yig'ilish natijasida yuzaga kelmagan bo'lsa, har qanday tirnalishlar, ezilishlar, ulanish portlar joy-atrofiidagi shikastlanishlar hamda boshqa tashqi (kosmetik) nuqsonlar bepul kafolat doirasiga kirmaydi.
-
Apple mahsulotining texnik talablariga yoki Apple kompaniyasining rasmiy tavsiyalariga mos kelmaydigan uchinchi tomon mahsulotlari, butlovchi qismlari yoki aksessuarlaridan foydalanish natijasida yuzaga kelgan shikastlanishlar kafolat doirasiga kirmaydi.
-
Qurilmaga taqiqlangan tashqi omillar ta'siri natijasida yetkazilgan shikastlanishlar kafolat doirasiga kirmaydi, shu jumladan quyidagi omillar:
-
zarba;
-
ortiqcha bosimli mexanik ta'sir;
-
yuqori harorat ta'siri (shu jumladan yong'in);
-
qurilmaga ehtiyotsizlik bilan munosabatda bo’lish;
-
qurilmadan noto'g'ri foydalanish;
-
suyuqlik tegishi yoki boshqa taqiqlangan tashqi omillar.
-
Apple mahsulotidan foydalanuvchi qo'llanmasi, texnik talablari yoki Apple kompaniyasi tomonidan rasmiy e'lon qilingan boshqa yo'riqnomalarga zid ravishda foydalanish natijasida yuzaga kelgan shikastlanishlar kafolat doirasiga kirmaydi.
-
Apple kompaniyasi yoki Apple vakolat bergan servis markazi xodimi bo'lmagan shaxs tomonidan amalga oshirilgan texnik xizmat, ta'mirlash, dasturiy yangilash yoki qurilma imkoniyatlarini kengaytirish ishlari natijasida yuzaga kelgan shikastlanishlar kafolat doirasiga kirmaydi.
-
Apple kompaniyasining yozma ruxsatisiz funksional imkoniyatlari yoki texnik hususiyatlari o'zgartirilgan Apple mahsulotlariga mazkur kafolat tatbiq etilmaydi.
-
Mahsulotning tabiiy eskirishi yoki foydalanish muddati davomida qarishi natijasida yuzaga kelgan nuqsonlar kafolat doirasiga kirmaydi.
-
AirPods qurilmasining alohida qismlaridan biri (keys yoki naushniklardan biri) nosoz bo'lgan taqdirda kafolat faqat nosoz qismga nisbatan amal qiladi.
-
Apple mahsulotining seriya raqami o’chirilgan, o'zgartirilgan yoki shikastlangan bo'lsa, mazkur kafolat amal qilmaydi.
-
Agar sotuvchi, BroService servis markazi yoki ishlab chiqaruvchi vakolatli davlat organlaridan mahsulot o'g'irlanganligi to'g'risida rasmiy bildirishnoma olsa, yoki Xaridor Apple mahsulotida faollashtirilgan parolni yoki ruxsatsiz kirishni cheklovchi boshqa himoya vositalarini o'chira olmasa, yoki Xaridor nosoz qurilmaning qonuniy egasi ekanligini tasdiqlovchi dalillarni taqdim eta olmasa, mazkur kafolat amal qilmaydi.
-
Zavod qadog'i ochilgan mahsulot, agar diagnostika natijasida uni almashtirish yoki qaytarish uchun asos bo'ladigan nuqsonlar aniqlanmasa, qaytarib olinmaydi va almashtirilmaydi.
-
Agar diagnostika natijasida nosozlik bepul kafolat holatiga kirmasligi aniqlansa, BroService servis markazi Xaridorga bepul kafolat asosida ta'mirlashni rad etish sabablari ko'rsatilgan yozma xulosa taqdim etadi.
-
Apple-dan muhim ma'lumot!
-
AGAR APPLE MAHSULOTINGIZ DASTURIY TA'MINOT, MA'LUMOTLAR YOKI BOSHQA AXBOROTNI SAQLASH IMKONIYATIGA EGA BO'LSA, UNDAGI MA'LUMOTLARNI YO'QOLISHDAN HAMDA FOYDALANISH JARAYONIDA YUZAGA KELISHI MUMKIN BO'LGAN NOSOZLIKLAR OQIBATIDA ZARAR KO'RISHDAN HIMOYA QILISH MAQSADIDA MA'LUMOTLARNING ZAXIRA NUSXALARINI MUNTAZAM RAVISHDA YARATIB BORISHINGIZ TAVSIYA ETILADI.
-
Apple mahsulotini kafolat asosida xizmat ko'rsatish uchun topshirishdan oldin unda saqlangan barcha ma'lumotlarning zaxira nusxasini yarating, barcha shaxsiy ma'lumotlarni o'chiring hamda barcha himoya parollari va xavfsizlik funksiyalarini o'chirib qo'ying. Kafolat asosida xizmat ko'rsatish jarayonida Apple mahsulotidagi ma'lumotlar o'chirilishi, almashtirilishi va (yoki) saqlash xotirasi qayta formatlanishi mumkin.
-
Kafolat asosida xizmat ko'rsatish yakunlangandan so'ng Apple mahsulotingiz yoki uning o'rniga berilgan qurilma dastlab xarid qilingan paytdagi sozlamalar bilan, amaldagi dasturiy yangilanishlar hisobga olingan holda Sizga qaytariladi. Kafolat asosida xizmat ko'rsatish doirasida Apple kompaniyasi tizim dasturiy ta'minotining yangilangan versiyasini o'rnatishi mumkin. Bunday yangilanishdan so'ng qurilmada avval o'rnatilgan tizim dasturiy ta'minotining oldingi versiyasiga qaytish imkoniyati bo'lmasligi mumkin. Tizim dasturiy ta'minoti yangilangandan so'ng Apple mahsulotiga o'rnatilgan uchinchi tomon dasturlari qurilma bilan mos kelmasligi yoki to'liq ishlamasligi mumkin. Boshqa dasturlarni, ma'lumotlarni va axborotni qayta o'rnatish Xaridorning o'z zimmasidagi majburiyat hisoblanadi.
Mazkur kafolat boshqa dasturlarni, ma'lumotlarni yoki axborotni tiklash hamda qayta o'rnatish xizmatlarini o'z ichiga olmaydi.
Muhim!
-
Agar foydalanuvchi qo'llanmasida bunga ruxsat berilmagan bo'lsa, Apple mahsuloti korpusini mustaqil ravishda ochmang va himoya qopqoqlarini yechmang.
-
Apple mahsuloti korpusining ochilishi yoki himoya qopqoqlarining yechilishi natijasida yuzaga kelgan shikastlanishlar mazkur kafolat doirasiga kirmaydi.
-
Apple mahsulotiga xizmat ko'rsatish faqat Apple kompaniyasi yoki Apple tomonidan vakolat berilgan servis markazlari tomonidan amalga oshirilishi lozim.
Umumiy qoidalar
-
Apple kompaniyasining hech bir dileri, vakili yoki xodimi mazkur kafolat shartlarini o'zgartirish, uning amal qilish muddatini uzaytirish yoki unga qo'shimcha shartlar kiritish vakolatiga ega emas.
-
Agar mazkur kafolatning biror qoidasi amaldagi qonunchilikka muvofiq noqonuniy yoki yuridik kuchga ega emas deb topilsa, ushbu qoida mazkur kafolatdan chiqarib tashlanadi, biroq bu holat qolgan qoidalarning amal qilishi va yuridik kuchiga ta'sir ko'rsatmaydi.
-
Mazkur kafolat Apple mahsuloti xarid qilingan davlat qonunchiligiga muvofiq tartibga solinadi va talqin etiladi.
MacBro Qurilmani himoya qilish dasturi («Sug‘urta»)
MacBro kompaniyasi Xaridorga MacBro Qurilmani himoya qilish dasturini (keyingi o‘rinlarda — Himoya dasturi) bepul qo‘shimcha xizmat sifatida taqdim etadi. Mazkur Himoya dasturi MacBro do‘konlaridan xarid qilingan qurilmalarga nisbatan amal qiladi.
Himoya dasturi Kompaniyaning qo‘shimcha sodiqlik dasturi hisoblanadi hamda O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq sug‘urta xizmati hisoblanmaydi. Himoya dasturi Kompaniya tomonidan Xaridorlarga qo‘shimcha afzallik sifatida ixtiyoriy ravishda taqdim etiladi va qurilmaga kafolat asosida xizmat ko‘rsatish majburiyatlariga kirmaydi.
Himoya dasturining taqdim etilishi mazkur kafolat talonida nazarda tutilgan Kompaniyaning kafolat majburiyatlarini cheklamaydi, bekor qilmaydi va ularning o‘rnini bosmaydi.
Himoya dasturini taqdim etish shartlari
-
Himoya dasturi MacBro kompaniyasidan qurilma xarid qilinganda Xaridorga bepul taqdim etiladi.
-
Himoya dasturi qurilma xarid qilingan kundan boshlab mazkur “Kafolat taloni” hujjatning №1 jadvalida belgilangan muddatlarda amal qiladi.
-
Himoya dasturi doirasida Kompaniya tomonidan qoplanadigan ta’mirlash xarajatlarining maksimal miqdori mazkur “Kafolat taloni” hujjatning №1 jadvalida belgilangan summalarni tashkil etadi (3 yoki 10 mln so’m).
-
Himoya dasturining amal qilish muddati davomida Xaridor qurilmani ta’mirlatish uchun BroService servis markaziga faqat bir marta murojaat qilish huquqiga ega.
-
Himoya dasturi doirasida birinchi ta’mirlash amalga oshirilgandan so‘ng, ta’mirlash qiymatidan qat’i nazar, Himoya dasturining amal qilishi tugaydi va undan qayta foydalanish mumkin emas.
Himoya dasturi nimalarga va qanday holatlarda amal qiladi?
Himoya dasturi doirasida, agar nosozlik qurilmaning yoki uning alohida funksiyalarining to‘liq yoki qisman ishlashiga to‘sqinlik qilsa, Kompaniya qurilmani diagnostika qilish, ehtiyot qismlar va ta’mirlash xarajatlarini qoplaydi.
Himoya dasturi, shuningdek, qurilmaning tasodifiy mexanik ta’sir (masalan, qurilmaning tushib ketishi, urilishi yoki shunga o‘xshash boshqa holatlar) natijasida shikastlanishi oqibatida yuzaga kelgan nosozliklarga ham tatbiq etiladi. Bunda shikastlanish sababidan qat’i nazar, agar ushbu shikastlanish qurilmaning yoki uning alohida funksional qismlarining ishlashiga salbiy ta’sir ko‘rsatgan bo‘lsa, u Himoya dasturi doirasida ko‘rib chiqiladi.
Himoya dasturi nimalarga tatbiq etilmaydi
Himoya dasturi quyidagi holatlarga tatbiq etilmaydi:
-
qurilmaning ishlashiga ta’sir ko‘rsatmaydigan kosmetik nuqsonlarni bartaraf etishga;
-
tirnalishlar, ishqalanish izlari, mayda sinishlar, ezilishlar, korpusdagi yoriqlar, bo‘yoq yoki himoya qoplamasining shikastlanishi hamda qurilmaning tashqi ko‘rinishini yomonlashtiradigan, biroq uning funksional ishlashiga ta’sir qilmaydigan boshqa nuqsonlarga;
-
faqat qurilmaning tashqi (estetik) ko‘rinishini tiklash maqsadida bajariladigan ishlarga;
-
Himoya dasturining amal qilish muddati tugaganidan keyin amalga oshiriladigan ta’mirlashga;
-
Himoya dasturi doirasida birinchi ta’mirlash amalga oshirilganidan keyingi takroriy murojaatlarga;
-
ta’mirlash xarajatlari o‘rniga pul kompensatsiyasi to‘lashga yoki Xaridorga pul mablag‘larini to‘lab berishga;
-
qurilmani yangisiga almashtirishga. Himoya dasturi doirasida Kompaniya faqat qurilmani ta’mirlashni amalga oshiradi.
Kompaniyaning javobgarlik chegarasi
Himoya dasturi doirasida Kompaniyaning qoplaydigan xarajatlarining maksimal miqdori mazkur hujjatning №1 jadvalida belgilangan tegishlik summani tashkil etadi.
Agar diagnostika natijalariga ko‘ra qurilmani tiklash qiymati mazkur hujjatning №1 jadvalida belgilangan tegishlik summadan oshishi aniqlansa, Himoya dasturi mazkur holatga tatbiq etilmaydi. Bunday holatda qurilmani ta’mirlash BroService servis markazining amaldagi tariflariga muvofiq Xaridor hisobidan umumiy tartibda amalga oshirilishi mumkin.
Ta’mirlashni taqdim etish tartibi
Himoya dasturi doirasida ta’mirlash xizmatidan foydalanish uchun Xaridor BroService servis markaziga quyidagi hujjatlar va buyumlarni taqdim etishi shart:
-
qurilmani;
-
mazkur kafolat talonini (unda qurilmaning tegishli seriya raqami ko‘rsatilgan va Kompaniya muhri bilan tasdiqlangan bo‘lishi shart);
-
qurilma xarid qilinganligini tasdiqlovchi hujjatni.
Qurilmadagi shikastlanish xususiyati, nosozlik sabablari hamda ta’mirlash qiymatini aniqlash maqsadida BroServiceservis markazi mutaxassislari qurilmada majburiy diagnostika o‘tkazadilar.
Xaridor Himoya dasturining amal qilish muddati tugaguniga qadar BroService servis markaziga murojaat qilishi shart. Murojaat qilingan sana sifatida qurilma BroService servis markazi tomonidan ro‘yxatga olingan sana hisoblanadi. Himoya dasturining amal qilish muddati tugaganidan keyin ro‘yxatga olingan murojaatlar mazkur Himoya dasturi doirasida ko‘rib chiqilmaydi.
Himoya dasturi doirasida qurilmani ta’mirlash imkoniyati to‘g‘risidagi yakuniy qaror BroService servis markazi tomonidan diagnostika natijalariga asosan qabul qilinadi.
Himoya dasturining cheklovlari
Agar diagnostika natijalariga ko‘ra qurilma to‘liq yo‘q qilinganligi, qurilmani tiklash texnik jihatdan imkonsizligi, iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq emasligi yoki tiklash qiymati Himoya dasturi bo‘yicha Kompaniyaning maksimal javobgarlik limitidan oshishi aniqlansa, Kompaniya Himoya dasturi doirasida ta’mirlashni amalga oshirishni rad etish huquqiga ega.
Qurilmani tiklash texnik jihatdan imkonsiz yoki iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq emas deb topilishi mumkin bo‘lgan holatlarga, jumladan, lekin ular bilan cheklanmagan holda quyidagilar kiradi:
-
kuchli mexanik ta’sir natijasida qurilmaning to‘liq vayron bo‘lishi (masalan, qurilmaning transport vositasi tomonidan bosib ketilishi);
-
yong‘in, ochiq olov, portlash yoki yuqori harorat ta’siri natijasida qurilmaning to‘liq yo‘q qilinishi;
-
suyuqlikning uzoq muddatli ta’siri oqibatida qurilmaning kritik darajada shikastlanishi (masalan, qurilmaning suvga, dengizga, daryoga, basseyn yoki boshqa suyuqlikka to‘liq tushib ketishi), agar uni tiklash imkonsiz bo‘lsa;
-
qurilmaning shikastlanishi natijasida tiklash qiymati Himoya dasturi bo‘yicha Kompaniyaning maksimal javobgarlik limitidan oshib ketishi;
-
BroService servis markazi mutaxassislari diagnostika natijalariga ko‘ra qurilmani tiklash texnik jihatdan imkonsiz yoki iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq emasligi haqida asoslantirilgan xulosaga kelgan boshqa har qanday holatlar.
Kompaniya qurilmaga qasddan zarar yetkazilganligi, firibgarlik harakatlari yoki bepul ta’mirlash olish maqsadida sun’iy ravishda holatlar yaratilganligi alomatlari aniqlangan taqdirda, Himoya dasturi doirasida ta’mirlashni amalga oshirishni rad etish huquqiga ega. Qaror BroService servis markazi mutaxassislarining yozma xulosasi asosida qabul qilinadi.
Yakuniy qoidalar
Himoya dasturi faqat mazkur bo‘limda belgilangan tartib va shartlar asosida amal qiladi hamda Kompaniyaning qurilmani yangisiga almashtirish yoki Xaridorga pul kompensatsiyasi to‘lash majburiyati sifatida talqin etilishi mumkin emas.
Kompaniya mazkur bo‘limda nazarda tutilgan hollarda, qabul qilingan qaror sabablari ko‘rsatilgan BroService servis markazining yozma xulosasi Xaridorga taqdim etilishi sharti bilan, Himoya dasturi bo‘yicha xizmat ko‘rsatishni rad etish huquqini o‘zida saqlab qoladi.
-
